Men Nosirova Komila Muratxanovna 1983 yil 6 avgustda Toshkentda tug‘ilganman. 1998 yil 295-maktabning 9-sinfini tamomlab, Toshkent shahridagi 1-biznes maktabda hisobchi mutaxassisligi bo‘yicha uch yil tahsil oldim. 2001 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdim. Besh yil shu dargohda sirtdan o‘qish asnosida “Hordiq” gazetasida muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatdim. Hozir ham shu gazetada ishlayman. Hikoya va she’rlarim matbuotda tez-tez chop etiladi.

Qiziqishlarim: qiziqmagan narsam yo‘q. Hind kinofilmlarini sevaman. Shuning uchun ham hind tilini o‘rganishga kirishdim. Kelajakda buyuk hind yozuvchilarining yaxshi-yaxshi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni orzu qilaman.

Mutolaa - jonu dilim. O`tkir Hoshimov, Tohir Malik, Abdulla Qodiriy, jahon klassiklaridan Lev Tolstoy, Teodor Drayzerlarning asarlarini, Erkin Vohidov, Usmon Azim, Mahammad Yusuf she`rlarini sevib o`qiyman.

Ko`proq Sevdora taxallusi bilan ijod qilaman.

Kelajakda o`z kasbimning ustasi bo`lishni hamda orzularimni amalga oshirishga umid qilaman.

Hosted by uCoz