Mening she'rlarim

BILMAYSANKI...

Bilmaysanki, yuragim og‘rir,

Yurak og‘rir seni o‘ylasam.

Bilmaysanki, o‘ylarim og‘ir,

Xayol og‘ir seni o‘ylasam.

Bilmaysanki, menga muhabbat

Eng ko‘hna va eng shirin orzu.

Bu orzudan ezildim faqat,

Yuragimni qiymalaydi u.

Bilmaysanki, ko‘nglim umidvor,

Nelarnidir istab yonadi.

Goho etar dardini oshkor,

Goho esa, “yo‘q” deb tonadi.

Bilmaysanki, ahvolim zabun,

Yuragimga o‘t qalar hijron.

Farqlamasdan sira kunu tun,

                Yuragimni qiymalar hijron.

Oldingi sh'er :: Keyingi sh'er

 
Hosted by uCoz