Ruhim
menga so’ylaydi ertak:
Bu
dunyoga qo‘ymagin ko‘ngil.
Menga
ta’na etadi yurak:
Bu
dunyoga qo‘ymagin ko‘ngil.
Yo‘q,
dunyoga bermaganman dil,
Yo‘q,
men uni sevib qolmayman.
Yo‘q,
dunyoga qo‘ymayman ko‘ngil,
Dunyo
dardin qalbga solmayman.
Mening
sevgim juda o‘zgacha,
Bu
dunyoga bergulik emas.
Mening
sevgim — adoqsiz kecha,
Yulduzlari
dunyoni demas.
Mening
ko‘nglim sig‘mas dunyoga,
Nechuk
unga bog‘lanay axir?
Talpinaman
nurga, ziyoga,
O‘zgasiga
ravomas taqdir.
Dunyo
dardi — begona hayot,
Hayot
emas, asli zimiston.
Men
samoda qoqaman qanot,
Mening
qalbim osmondir, osmon.
Mening
borar manzilim — yurak,
Dunyo
menga bo‘lmaydi panoh.
Men
yurakni asrashim kerak,
O‘zga
darddan ayirsin Alloh.
Menga
kerak uch kunlik hilol,
Aytgin,
netgum dunyo dardini?
Menga
orzu eng toza xayol,
Ne
qilarman ko‘ngil gardini?
Menga
kerak bir moviy samo,
Menga
kerak pokiza tuproq.
Dunyo
dardi kerakmas ammo,
Dunyo
dardi kerakmas biroq.
Men
dunyoga qo‘ymayman ko‘ngil,
Dunyo
menga yovdir, begona.
Hayqiradi,
hayqiradi dil:
Yurak, o‘zing tengsiz koshona!
Oldingi sh'er :: Keyingi sh'er