SHOIRGA NE KERAK?..

Shoirga ne kerak o‘tkinchi shuhrat,

Ne kerak ortiqcha sharaf, lavozim?!

U dardin aytmoqni istaydi faqat,

Qalblarni titratsa, deydi ovozim.

Shoirga kerakmas maqtov, xushomad,

U sajda qilmaydi dunyoga, pulga.

Tutqun yashamoqqa qilmaydi toqat,

Jirkanib boqadi har qanday qulga.

Shoirning qalbida muhabbat, nafrat,

Birma-bir yozadi qalbda borini.

U dardin aytmoqni istaydi faqat,

                       Yurakka topshirib ixtiyorini.

Oldingi sh'er :: Keyingi sh'er

 
Hosted by uCoz