Taqdirga
bitilgach
Taqdirga
bitilgach ayriliq, firoq,
Sira
yig‘lamading — sen juda botir.
Men
esa ojizman, men esa, qo‘rqoq,
Mening
ko‘zlarimda yosh qalqiyotir.
Taqdir
shunday ekan, deding ohista,
Ha,
qismat shu ekan, dedim ezilib.
Sen
qiynoqlaringni bildirding so‘zda,
Men
ayta olmadim andisha qilib.
So‘zingni
tugatib ketding qayrilib,
Men-chi,
turib qoldim turgan joyimda.
Yurakdan
ayrildim sendan ayrilib,
Qaragin: yuragim yig‘lar poyingda...
Oldingi sh'er :: Keyingi sh'er