Yillar
meni ayirdi sizdan
Yillar
meni ayirdi sizdan,
Yillar
dilga soldi qirovlar.
Bezor
bo‘lgan ekanmi bizdan,
O‘rtamizga
tushdi birovlar.
Mehr
bitdi, tug‘ildi gumon,
Muhabbatdan
so‘zlamay qo‘ydik.
His-tuyg‘ular
qolmadi omon,
Biz
visolni izlamay qo‘ydik.
Yillar
o‘tdi, muzladi yurak,
Qayg‘ularni
quvladi to‘fon.
Yor
bo‘lmadi bizga kelajak,
Faqatgina
yor bo‘ldi armon.
Oldingi sh'er :: Keyingi sh'er