SUYANGAN TOGING QULAMASIN...

Odam suyangan kishisini yoqotsa, juda yomon bolarkan. Salima xola ham yakkayu yagona ogli Marufning olimidan song dovdirab qoldi. Dardini kimga aytishni bilmay duch kelgan odamga javdirab qaraydi, yupanch izlaydi. Biroq... uning dardiga malham boladigan, ogirini yengil qiladigan odam topilmadi. Qoni-qoshnilar holidan xabar olib turishdi. Ammo har kimning tashvishi oziga yetib ortarkan, chogi, bir haftalar otgach, ular ham oyoqlarini uzishdi. Qarindoshlar haqida-ku, gapirmasayam bolaveradi. Hol soraydi-yu, darrov juftakni rostlab qolishadi.

Yon qoshni jon qoshni, deb bejiz aytishmagan ekan. Shunday ogir kunlarda Salima xolaning kuniga togridagi qoshnisi Muhayyo yaradi. Ishga ketmasdan avval ham hol soraydi, ishdan kelgach ham. Kechqurun ovqat tayyorlab, bir kosasini hamsoyasiga ilinadi. Salima xola undan minnatdor bolsa-da, yolgiz oglining olimidan song devonavash bir koyga tushib, hech kim bilan gaplashmay qoygandi. Muhayyoning zori bolmasa, qoshiqni qolga oladigan holi yoq. Kosaga manosiz termulgancha soatlab otiraveradi, qoyib bersangiz.

Muhayyo ayolning dardini tushungani uchun ogiz ochib biror nima deyishga chochiydi. Kongliga ozor yetkazib qoyishdan qorqadi. Salima xolaning mungli kozlariga kozi tushib qolganda, ozini aybdordek his etadi. Nima qilib bolsayam, shu ayolga yordam bergisi keladi. Ammo na soz, na harakati bilan xolaning dardini yengillata olishiga kozi yetib, battar ortanadi.

Salima xola ikki xonali kvartirada yolgiz ogli Maruf bilan yashardi. Yigit endi institutni bitirib, harbiy xizmatga ketish arafasida yurgandi. Onasi bilan juda totuv, mehribon edi. Uyda qiz bola yoqligi uchunmi, hamma ishga kirishib ketar, onasini iloji boricha urintirmaslikka harakat qilardi. Qoni-qoshnilardan ham iymanmasdi: bir qarasa, supurgi, latta kotarib uylarni tozalar, bir qarasa, ovqat pishirayotgan bolardi. Bu hech kimga erish tuyulmasdi. Aksincha, Marufni hamma alqar, duo qilardi: Baraka topsin, bola degani shunchalik boladi-da! Onasini qanchalik izzat qilishini koring! Salima xola shunga oxshash gaplarni eshitganda, Xudoyimdan orgilay! deya mamnun kulib qoyardi.

Umuman, xolaning ham, oglining ham birovga ozori yetmagan. Odamlarning hojatini chiqarishni farz hisoblashardi ular. Marufni kuyov qilish istagida yurganlar ozlari yashayotgan kop qavatli uyda ham topilardi. Oziyam kuyov qilsa arzigulik edi-da! Boy-basti kelishgan, qosh-kozlari qop-qora, qarashlari oktam yigit edi. Salima xola uni jonidan ham ortiq yaxshi korar, eridan keyin yolgiz shunga tayanib, suyanib yashayotgandi. Kutilmagan falokat xolani boridan ayirdi. U ogli uchun yashayotgandi. Endi kimga suyanishni, nima qilishni bilmay qoldi. Huvillagan uyda yolgiz ozi!..

Kunlar otardi-yu, Salima xolaning chiroyi ochilmasdi. Uni korgan odam ellik emas, oltmish yoshga kirgan kampir deb oylashi tabiiy edi. Sochlari bir necha kundayoq oppoq oqarib, yuzlaridagi ajinlari yanada kopaydi. Nigohlaridagi ilgarigi mehr-muhabbat ornini mung, cheksiz gussa egalladi. Qarashlari allaqanday befarq odamning boqishlarini eslatardi. Muhayyo necha yillar yonma-yon yashab, onasidek korgani, qolaversa, dardini chuqur his etgani uchun xolaga yordam berishni istardi. Nihoyat, kelin uni ezgin xayollar bagridan xalos etish yolini topgandek boldi.

Salima xola bolalarni juda yaxshi korardi. Oglimni tezroq uylantirsaydim, men ham nevarali bolardim. Mevasidan magzi shirin, deb boqib otirardim bolamning bolalarini! deb kop gapirardi. Birovning bolasi yiglab turganini korsa ham, indamay ketolmasdi. Onasiga etibor bermay, ovutishga tushardi. Domdagi kelinlar pastga toza havoda otirib, bir pasga chaqchaqlashgani tushsa, albatta, Salima xolani chaqirishardi. Chunki xola bolalarni oynatib otirardi-da. Ajablanarlisi, onasining qolida yiglab turgan bola uning qoliga otishi bilan jim bolib qolardi. Xolaning allaqanday sehri borga oxshardi. Kelinchaklar ham Xolajon! Judayam mehribonsiz-da! Sizdek qaynonam bolgandami, olsam ham alohida yashashga konmasdim! deyishardi. Salima xolaning yarim kongli bu gaplardan togdek kotarilib ketar, maqtovlarga javoban shunchaki jilmayib qoyardi.

Xolaning jilmayishi ham, birovga ozor yetkazishdan chochigandek past ovozda sozlashlari ham ota samimiy ediki, odamlar beixtiyor unga maftun bolib qolishardi. Uni hurmat qilmagan qoshni yoq edi. Bu ayolning farishtasi bor-da! deyishardi ular hayrat va havas bilan. Biram farishtaliki, yonidan ketging kelmaydi.

Afsuski, shunday farishtali xola yolgizgina oglidan judo bolib, butun dunyoni unutib qoydi. Ammo vaqt otishi bilan uyda bir ozi zerika boshladi shekilli, kochaga chiqib otiradigan boldi. Kelinchaklar uning konglini kotarish ilinjida shirin sozlashga urinishardi. Ammo Salima xola ularning gapiga butkul etibor bermasdi. Uning xayoli boshqa joylarda kezib yurgandek edi. Ammo bolalarga bolgan mehr uning konglini tark etmagandi. Birorta kelinchakning bolasini kotarib otirib, bir oz bolsa-da, dardini unutardi. Bola bilan qoshilib oynardi.

Bir kuni ishdan qaytayotgan Muhayyo xolaning qoshni bolani kotargancha, jilmayib otirganini kordi-yu, dardiga nima darmon bolishini tushundi. Eri bilan maslahatlashgach, ikki yarim yoshli oglini Salima xola tarbiyasiga topshirishga kelishishdi. Muhayyo ilgari ham ishi chiqib qolganda oglini xolaga bir necha marta tashlab ketgandi. Bolakay xola bilan til topishib, organib qolgandi. Salima xola ham kichkina Alisherni rosa maqtardi:

Oglingiz biram shirin bolaki, qizim, koz tegmasin iloyim!.. Gapirishlarini eshiting buni. Tilidan aylanay ozim!.. Qoyib bersangiz, ertalabdan kechgacha bolsa ham, otiraverardim bu shirintoy bilan!.. Men qachon nevara korib, qachon erkalataman?!

Xullas, Muhayyo oglining tarbiyasini shu ayolga topshirishga qaror qildi. Salima xola bu gapni eshitgach, sevinib ketdi. Alisherni oz nevarasidek korib, mehr qoyishga ulgurgandi. Bolalar bilan otirib, dardini unutishiga ozi ham umid qilardi.

Alisherni xolaning qoliga topshirgan Muhayyoning kongli ancha taskin topgandi. Zero, Salima xola bola bilan andarmon bolib, Marufning olimi togrisida kamroq oylaydigan, bor vaqti, etiborini Alisherga qaratishni maqsad qilib qoygandi.

Muhayyoxon, siz menga bolangizning tarbiyasini ishonib topshirdingiz. Bu qanchalik muhim vazifaligini bilaman. Konglingizni toq qilavering. Oglim rahmatliga qanday tarbiya bergan bolsam, Alisherjonga ham xuddi shunday, undan ortiqroq beraman, dedi xola ishonch bilan.

Kunlar otardi. Alisher Salima xolanikida kun boyi otirar, u bilan oynar, unikida uxlardi. Endi bolakay qoshni xotinni xola deb emas, buvijon deb atay boshlagandi. Bir kun kormasa, soginib, Buvimnikiga chiqaman! deb xarxasha qilardi.

Salima xola sira erinmas, Alisherni hali u yoqqa olib borar, hali kochalarni aylantirib kelar, olgan nafaqasiga qurtmi, muzqaymoqmi olib berardi. U hatto bolaga enagalik qilgani uchun Muhayyo tolaydigan ish haqini ham rad etgandi. Biroq juvon bunga konmagandi. Xolajon, men sizga xizmat haqingizni beraman-ku! Nega iymanasiz?! Ammo Salima xola undan pul olishni xohlamasdi. Agar juda kongling bolmasa, bir-ikki ming bersang, bas. Qari odamga ortiqcha pulning nima keragi bor?! Nafaqam yetib turibdi menga... derdi ojarlik qilib.

Salima xolaning tarbiyasi Alisherga tasir qilayotgani aniq edi. Bola ota-onasini korishi bilan, qolini koksiga qoyib salom berar, chuchuk tilini namoyish etgancha hol soragan bolar, xullas, aqlli bolaga aylangandi. Muhayyo oglini xolaga berganidan zarrachayam afsuslanmadi. Ammo ozi ona bolaturib, ogliga qoshni xotinchalik etibor berolmayotganidan ezilib ketdi.

Oyi, menga eytak aytib beyasmi?! derdi Alisher onasi karavotga yotqizishi bilan. Muhayyo nima deyishni bilmay, Ertaga aytib berarman. Bugun rosa charchadim, der, ammo ozini judayam galati, yolgonchidek seza boshlardi. Oyi, buvim-chi, menga hay kuni eytak aytib beyadila! derdi Alisher ogzini toldirib. Muhayyo ogliga bir pas qarab turardi-da, Ertaga albatta ertak aytib beraman! deb ozini ham, bolasini ham ishontirib chiqib ketardi. Ammo ertasi kuni... kundalik tashvishlarga shongib, birorta ertak oqib olish yana xayolidan kotarilardi. Alisher oyisidan ertak aytib berishni sorash befoydaligini tushundimi, bora-bora bu haqda umuman gapirmay qoydi. Endi u har kuni sevimli buvijonisi bilan nima ishlar qilganini, qanday oyinlar oynaganini gapirib berardi. Muhayyo oglining zavq-shavqqa tola hikoyalarini tinglab otirarkan, bolasini rashk qila boshlardi. Ammo buni tan olishni umuman istamasdi.

Salima xola esa, Alisher ota-onasi bilan uyiga kirib ketgach, yana yolgiz qolib, zerika boshlar, nima ish bilan mashgul bolishni bilmay, bir unga urinib korardi, bir bunga. Ammo kongli sira xotirjam bolmas, bir nimasini yoqotib qoygandek ozini qoyarga joy topolmay qolardi.  Televizorni yoqardi-da, bir zum otmay yana ochirardi. Radioning qulogini burardi-yu, xayoli boshqa joyga uchib, suxandonlarning nima deb jon kuydirayotganini anglolmasdi. 

Kun otgan sari Salima xola bolaga tobora qattiqroq boglanib qolayotganini his etgan, alamlarini unutganday edi. Ayniqsa, dam olish kunlari uyda otirib zerikib ketar, Alisherni kochada aylantirgisi kelaverardi.

Salima xola bir-ikki marta yakshanba kuni ham Alisherni uyiga olib chiqib ketdi. Bolaning ozi ham buvijonisini soginib turgan ekan, korib sevinib ketdi.

Ana, buvim keldila! Mani kochaga opchiqqala!..

Muhayyoning rangi ochib ketganini Salima xola sezmadi. Bolani kotarib olgancha, erinibgina (kelinga shunday tuyulardi) hol sorardi-da, pastga tushib ketardi. Eriga manoli qarab qoygan Muhayyo alam bilan lablarini tishlardi-yu, ozi pishirgan oshni aylanib ham, orgilib ham ichishi kerakligini oylab, miq etolmasdi. Ammo uning toqati toq bolib borayotgandi. Alisherning ota-onasiga emas, yetti yot begonaga qattiq boglanib qolgani onaga alam qilayotgandi. Nega oglim meni kun boyi kormasa ham soginmaydi-yu, bu xotinning yonidan bir zumga jilsa ham, korgisi kelaveradi?! Nega menga yo otasiga emas, aynan Salima xolaga intiladi?! Axir men yomon ona emasman-ku!.. Bolam deb, shuning kelajagini oylab ishlab yuribman-ku!.. Bu ahvolda ketadigan bolsa, oglim mendan umuman sovib ketsa kerak... oylardi Muhayyo Salima xolaga yopishib olgan Alisherga qarab turib. Bolamni bu xotinga berib xato qilganga oxshayman. Axir uning farzandi olgan... Mening oglimga mehr qoyib qolsa, keyin ajratib olishim qiyin boladi. Yaxshisi, hammasini hozirdan togrilash kerak. Yoqsa, oz oglim ozimga begona bolib qoladi...

Muhayyo tunu kun oziga tinchlik bermayotgan azobli xayollardan qutulish chorasini topganday boldi. Ammo bunday qilishga yuragi betlamayotgandi. Birdaniga bu qarorga kelishi ajablanarli-da.

Biroq... Alisherning Buvim bilan uxlayman... Buvim menga har kuni ertak aytib beyalla!.. kabi xarxashalari kundan-kun kuchayib boravergach, qarori qatiylashdi.

Asror aka!.. deya maslahat solgan boldi Muhayyo ishdan qaytgan eriga. Oyimlar aytgan kvartirani bekorga sotib olmadik-da!.. Arzongina edi... Undan keyin, oyim bizsiz qiynalib qolganlar. Bilasiz-ku, akangiz Rossiyaga ketgandan keyin oyim yolgiz ozlari zerikyaptilar.

Asror xotiniga ajablanib qaradi:

Xosh, bu bilan nima demoqchisan?! Kochib borishimiz kerakmi?

Muhayyo kulimsiradi.

Nima bopti?! dedi xotirjam gapirishga tirishib. Ozingiz oylang, axir oyimning bizdan boshqa kimlari bor?! Shunday kunda bolmasa, qachon yaraysiz korlariga?!

Muhayyo eri bilan ancha talashdi. Axiyri, qaynonasinikiga kochib borishga Asrorni kondirdi. Gulmira opa katta ogli Rossiyaga bola-chaqasini olib ishlashga ketgach, choli bilan qiynalib qolgan, kopdan buyon Asrorni kochib kelishga undayotgandi.

Mayli, har doimga bolmasa ham, akangiz kelguncha osha yerda yashab turaylik. Alisher ham... uchastkada maza qiladi...

Muhayyo eriga sozini otkazganidan xursand edi. Ammo bu qarori birovning boshiga kulfat keltirishini bilmasdi...

Salima xola bilan Alisherni ajratish oson bolmadi. Bola buvisidan uzoqqa ketishni istamasdi. Muhayyo oglining xarxashasini arang bostirdi. Xayrlashish chogida Salima xola ozini tutolmadi. Alisherni bagriga bosgancha yiglab yubordi. Ammo koz yoshlarini bildirmaslikka urinib, yuzini teskari ogirib oldi...

Oradan ikki oycha vaqt otdi. Alisher avvaliga buvijonisini soginib, rosa topolon qilgan bolsa ham, vaqt otishi bilan kamroq eslaydigan bolib qoldi. Endi uning yonida Salima xolachalik bolmasa-da, mehribon buvisi bor edi. Muhayyoning kongli ham ancha tinchlandi...

Kommunal xizmat haqini tolash uchun domga borgan Muhayyo podezd oldida toplanib turgan qoshnilarini korib xursand bolib ketdi. Korishish niyatida yaqin borgach, ayollarning qovogi soliq ekanini korib, kongli gashlandi. Nazarida, hamma unga galati qarayotgandi.

Tinchlikmi?.. deya soradi arang yonida turgan kelinchakdan.

Ayollar jim edi. Muhayyoning vahimasi battar ortdi.

Nima boldi, aytsangiz-chi!.. dedi betoqatlik bilan.

Yonida turgan kelinchak piqillab yiglab yubordi. Boshqa ayollarning kozlarida ham yosh aylana boshlaganini korib, Muhayyoning kongli xijil boldi. Yoshi kattaroq Gulnoza opaga qaradi.

Salima xola olamdan otdi... dedi ayol afsus bilan bosh chayqarkan.

Muhayyoning boshiga birov gurzi bilan tushirgandek dovdirab qoldi. Qoshnilariga jovdirab qararkan, arang pichirladi:

Men aybdorman bunga... Mening aybim...

Qoshni ayollar bir-birlariga manoli qarab qoyisharkan, Muhayyoning nima demoqchi bolganini tushunishgandi...

2003 y.

Avvalgi hikoya::Keyingi hikoya

 
Hosted by uCoz