TIRIKCHILIK
QURBONI
Bu
ayol, aniqrogi kampir haqida yozish men uchun ancha qiyin. Negaki,
u menga bir necha yil talim bergan. Demakki, ustozim hisoblanadi. Ammo uni
ustoz degim kelmaydi sira. Korganimda, ensam qotardi. Sababi...
Toqqizinchi sinfni bitirgach, kasb-hunar bilim yurtiga oqishga
kirdim. Guruhda qizlar juda kop edi. Bazilari olifta, bazilari
kamtar. Hammasining oziga yarasha fazilatlari bor. Kop otmay
barchasi bilan chiqishib ketdim. Ammo guruhimizga rahbar etib tayinlangan
xotin (uning yoshi oltmish beshlarda edi) bir menga emas, kopchilikka
maqul kelmadi. Uning shu yoshda nafaqaga chiqmay, haliyam ishlab yurgani
gashimni keltirdi negadir. Ayrim qizlar istehzo bilan kulib qoyishdi:
Bolalari boqolmayotgandir-da! Tirikchilikning aybi yoq! Ehtimol, bu
taxminimiz togri bolgandir.
Oqishning birinchi kuniyoq ustozimiz bizga xonani, yani bizga
biriktirilgan, aganab ketishga tayyor bolib turgan partasiyu chang
bosib yotgan stullaridan boshqa hech vaqosi yoq xonani jihozlash
togrisida gap ochdi. Uning mugombirona kulib turgan kozlari menda
yoqimsiz taassurot uygotgandi oshanda. Har birimizga alohida etibor
bilan qararkan, nimanidir tekshirayotgandek kozlari olazarak edi.
Xudo xohlasa, deya
gap boshladi u ayyorona jilmayib, xonani hammanikidan zor qilib
qoyamiz. Supurgi, xokandoz, parda olamiz. Ozgina remont qilamiz.
Guruhimizda shuncha qiz bor-ku!..
Ustozimiz berilib gapirarkan, ensam qotib tinglardim. Obbo!
Kelmasimizdan puldan ogiz ochdi-ku! Hali bizni rosa sogsa kerak
bu ketishda!. Nazarimda, qizlarning kopchiligi shunday xayolga bordi.
Taxminim togri ekan. Kop otmay ustozimizning yig-yiglari
boshlandi. Hali supurgi, hali parda. Xullas, pul bolsa bas, bahona
topilaveradi. Ustozimiz biz oylagandan ancha mehribon chiqib qoldi.
Bir oy oqimasimizdan bizga kitob sotib olishni taklif qilib qoldi.
Kitobsiz qiynalib qolasizlar! dedi u muhim yangilikni aytayotgan
kabi. Bu sohada ozbekcha kitoblar juda kam. Men bir tanishim bilan
gaplashib qoydim. Sizlarga topib beradigan boldi. Bozordagidan ancha
arzon narxda bermoqchi. Olsanglar, yutqazmaysizlar. Baribir, bu narxga kitob
topib bolmaydi!..
Ustozimizning maslahatlari bilan hammamiz osha kitobdan sotib oldik.
Kitob olgur ham atigi ellik varaqdan iborat bolib, qogozlari
qop-qora, sifatsiz edi. Pulimiz kuyganini tushunsak ham, hech birimiz
etiroz bildirmadik.
Shunday
qilib, rahbarimiz bizni oylab, juda jon kuydiradigan,
fidoyilardan edi. Birinchisini indamay sotib olganimizdan song,
ustozimiz yana yangi-yangi kitoblarni taklif qila boshladi. Biz uning
gaplariga ishonib, olaverardik hammasini.
Bir kuni kitob dokoniga ishim tushib qoldi. Dugonam bilan terib
qoyilgan barcha kitoblarni kozdan kechirib borarkanmiz, ustozimiz bizga
Hech qaerdan bu narxga topolmaysizlar! deya sotgan kitobini korib
qotib qoldim. Dugonam menga qaraydi, men unga. Bizning taajjubimizga sabab
shu ediki, kitob biz olgan narxdan ancha, yani ikki barobar arzon turarkan.
Osha onda mehribon ustozimiz bizni aldaganini tushunib qoldik.
Rahbarimizga nisbatan oshanda dilimda nafratgami, ijirganishgami
oxshash tuygu uygondi.
Tabiiy, bu voqeadan kop otmay hamma qizlar ogoh boldi. Ammo hech
kim bu haqda ustozga gapirishga jurat etolmadi. Chunki uning felini
barcha yaxshi bilardi. Ochakishib qolsa, baholarni pasaytirib
qoyishidan chochirdi kopchilik. Guruhimiz sardori esa, uning yonini
oldi.
Arzimagan uch-tort som deb endi oqituvchi bilan talashib
yuramizmi?! Kitob sotib olgan bolsak, nima bopti?! Ozimizga kerak-ku!..
Shu-shu hech kim hech narsa demadi rahbarga. Ammo men uni allaqachon
yomon korib qolgandim. Uning gaplarini eshitgan sari shubhalarim
kopayib boraverardi: Yana nimaning ilinjida ekan bu xotin?!
Shunday
qilib, yillar otib borardi. Ustozimizning yangi-yangi
qiliqlari asabimizga qanchalik tegmasin, qarshi chiqishga chochib
yurardik.
Xash-pash deguncha bilim yurtini bitiradigan payt ham kelib qoldi. Diplom
olganimizni yuvishni istardik. Ammo qizlar bilan kelishib, katta
ziyofat qilib otirmasdan, biror qahvaxonaga borib otirmoqchi boldik.
Oqituvchimizga esa, oz-ozdan pul yigib, esdalik uchun u-bu sovga
qilishga qaror qildik. Ammo rahbarimiz bizning bu qarorimizdan bexabar,
hammamizni toplab, maqsadini oshkor etdi:
Bilim yurtini bitirib ketyapsizlar. Shunga biror narsa qilish kerak, menimcha.
Hamma oqituvchilar aytyapti Bu guruhdagilar juda pulga pishiq ekan!
deb. Avvalgi bitiruvchilar ketayotib ziyofat qilib berardi-da hammaga!..
Bu gapdan barchamizning ogzimiz ochilib qolayozdi. Rahbarimizning
surbetlarcha bizdan stol talab etayotganidan sezdikki, oziga ham
nimadir tama qilyapti. Jahlimiz chiqsa-da, ketar chogimizda
kongilsizlik bolishini istamaganimiz bois, ortiqcha gap-soz
qozgamadik. Oqituvchimizning nafsini qay darajadadir qondiradigan
sovga oldik. Ammo hech bir qiz ustoz bilan xayrlashayotib iliq gap aytmadi.
Boshqa oqituvchilarning oldida rahbarimiz ancha noqulay ahvolga tushib
qolganini korsak-da, birortamiz achinmadik.
Bilim yurtini bitirgach, hamma ozi bilan ozi ovora bolib, qizlar
deyarli korishmay qoydik. Har kimning tashvishi oziga yetardi.
Bir sanatkor bilan uchrashib, ishga ancha kech borishimga togri
keldi. Shosha-pisha bekatga kelib toxtagan trolleybusga chiqdim. Eshiklar
yopilmayoq, tanish ovoz qulogimga chalindi.
Voy, bu mening qizim-ku!..
Ajablangancha yon-verimga qararkanman, togrimdagi orindiqda
otirgan kampirga kozim tushib, yuragim shuvillab ketdi. Bu osha men
ijirgangan, nafratlangan guruh rahbari edi! U esa meni korib, astoydil
sorasha ketdi. Uning savollariga istar-istamas javob berarkanman, bu
yerlarda nima qilib yurganini sira tushunolmasdim. Ustozim ozi izoh
berib qoldi:
Oglimning ishlari yurishmayapti hech. Kelinim ham rasvo-da!
Uchastkani sotishga majbur boldim. Puliga ikkita kvartira oldik. Birida
oglim xotini bilan, birida men singlim bilan birga yashayapman...
dedi u yiglamsirab. Ustiga-ustak, nafaqaga chiqqanman... Oglim
rozgorni but qilolmayapti. Nima qilishga ham hayronman. Qari bolsam!..
Shu yoshda pul topish ozi emaskan... Bitta ozim siqilib otiraman.
Qizlarga ayting, juda sogindim. Kelishsa, rosa xursand bolardim...
Toplaninglar...
Ustoz menga taqdiri qaroligidan, tirikchilik qurboni bolayotganidan,
bizlarni soginganidan, qarib, hech kimga keragi bolmay qolganidan obdon
hasrat qildi. Manzilini, telefon raqamlarini aytdi. Men yozib olmadim. Chunki
baribir korishga bormasligimni bilardim.
U bilan xayrlasharkanman, negadir yengil tortdim. Lablarim beixtiyor
pichirladi: Tirikchilik qurboni!..
2003
y.
Avvalgi hikoya::Keyingi hikoya